Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WSJ: Saudiya va BAA Rossiyadan katta chegirma bilan neft sotib olmoqda

WSJ: Saudiya va BAA Rossiyadan katta chegirma bilan neft sotib olmoqda

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirligi (BAA) Rossiya neftini katta chegirma bilan sotib olmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

«Rossiya dunyo bo‘ylab o‘z energiya mahsulotlarini sotib oluvchi davlat izlar ekan, u kutilmagan joydan savdo sheriklarini topadi. Bular Fors ko‘rfazidagi neftga boy davlatlar bo‘lishi mumkin», deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Gazetaning yozishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar uni ko‘plab savdo sheriklaridan uzib qo‘ygani sababli, Saudiya Arabistoni va BAA davlat kompaniyalari Rossiyadan neft mahsulotlarini imtiyozli narxlarda sotib olmoqda.

Argus Media ma’lumotlariga ko‘ra, BAAning Fudjeyra amirligidagi asosiy omboridagi gaz neftining har o‘ninchi barreli Rossiyaga tegishli. Saudiya Arabistoni esa har kuni Rossiyadan 100 ming barrel neft mahsulotlarini sotib olmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 5 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh) va Avstraliya o‘rtasida Rossiya neftining bir barreli uchun 60 dollar narx chegarasini o‘rnatishga kelishib olishgan edi.

Joriy yilning 5 fevral kuni Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari yuqori narxda sotiladigan Rossiya neft mahsulotlari (masalan, dizel va kerosin) uchun embargo joriy etib, bir barrel uchun 100 dollar narx belgilagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring