Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Wildberries hamkorlar uchun bepul kurslarga ega tadbirkorlik markazining texnik ishga tushirilishini amalga oshirdi

Wildberries hamkorlar uchun bepul kurslarga ega tadbirkorlik markazining texnik ishga tushirilishini amalga oshirdi

Markaz faoliyati doirasida Wildberries marketpleysi samarali savdolar bo‘yicha amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashadi.

Wildberries O‘zbekiston bozorida 2022 yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yilning o‘zidayoq eksport hajmi 387 million AQSh dollaridan oshdi va faol buyurtmalar soni har oy o‘rtacha 30%ga oshdi. Joriy yilda O‘zbekiston tadbirkorlariga savdo hajmini kengaytirish, jumladan, mahalliy brendlarni xalqaro bozorlarga chiqarishda amaliy yordam berishga alohida e’tibor qaratiladi.

2023 yil raqamlarda: 2000 dan ortiq o‘zbek mahsulotlari sotuvchisi, respublika bo‘ylab 100 dan ortiq buyurtmalarni topshirish punktlari.

Marketpleys jamoasi hamkorlar tarmog‘ini kengaytiradi, buyurtmalarni tarqatish punktlari sonini ko‘paytiradi va yangi sotuvchilarni jalb qiladi. Bunga Wildberries tadbirkorlik markazi yordam beradi, u yerda mutaxassislar amaliy bilimlari bilan mutlaqo bepul o‘rtoqlashadi. Jamoa allaqachon texnik ishga tushirishni amalga oshirdi.

11 mart kunidan boshlab Wildberries yangi buyurtmalarni topshirish punktilarini ochish uchun subsidiyalar berishni boshladi. Qo‘llab-quvvatlash tizimi 28,3 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovni o‘z ichiga oladi.

Markaz seminarlari Wildberries sotuvchisi bo‘lishni rejalashtirgan va marketpleys bilan ishlash vositalarini — shaxsiy kabinet, hujjatlarni rasmiylashtirish, tovarlarni jo‘natish, ishga tushirishni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mos keladi. Buyurtmalarni tarqatish punktlarini ochishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun ham dastur tayyorlandi. Tadbirlar rus va o‘zbek tillarida bevosita o‘tkaziladi.

— Bizning rejalarimiz O‘zbekistonda 15 ming nafargacha tadbirkorni jalb qilishdir. Loyihaning o‘ziga xos jihati shundaki, bizga anchadan beri soyada bo‘lgan tadbirkorlar kelishadi va biz ularga qonuniy tartibda ishlash va sotuvlar samaradorligini oshirishga yordam beramiz. Biz amalda tadbirkorga to‘laqonli ishlash uchun bozorga tez va to‘g‘ri kirish imkoniyatini beramiz, — dedi Wildberries kompaniyasining hokimiyat organlari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Sardor Qodirov FinTech & Retail CA bilan suhbatda.

Bugungi kunda xaridorlar qiziqarli mahsulotlarga ega yangi do‘konlarni afzal ko‘rishadi. Ular brendni namoyon qilinishi va mahsulot sifatiga e’tibor berishadi. Shunday qilib, Wildberries rivojlantirish kursi ham o‘zbek brendlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Wildberries jamoasining vazifasi xalqaro darajaga chiqishga tayyor faol sotuvchilarni topishdir. Eslatib o‘tamiz, marketpleys yettita davlatda – O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va Rossiyada o‘z faoliyatini yuritadi.

Mashg‘ulotlar PRO Wildberries ofisida, quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi:

  • Toshkent sh., Zulfiyaxonim, 12.

Treningga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirishingiz kerak:

Keyinchalik, Wildberries xodimlari mashg‘ulotlar uchun qulay vaqtni aniqlash uchun siz bilan bog‘lanishadi.

Wildberries O‘zbekiston ijtimoiy sahifalari. Obuna bo‘ling!

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring