Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Way II kompaniyasi Nyu-Yorkda investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha Roadshow o‘tkazdi

Way II kompaniyasi Nyu-Yorkda investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha Roadshow o‘tkazdi

Joriy yilning 5-aprel kuni Nyu-Yorkda Way II investitsiya kompaniyasining taqdimot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda, AQShda yashab, biznes bilan shug‘ullanayotgan yuz nafardan ortiq o‘zbek tadbirkorlari va ishbilarmonlari ishtirok etdi.

Ushbu Roadshowda Way II va Akfa Group asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etib, yirik biznes loyihalarini rivojlantirish yo‘lida o‘zbekistonliklarning kuchini birlashtirish muhimligini ta’kidladi.

Bunday loyihalar O‘zbekistonni xalqaro biznes maydonida munosib tarzda namoyon eta olishini alohida e’tirof etdi. Qolaversa, Way II vakillari investorlarni yangi investitsiya yo‘nalishlari va kapitalni oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Xususan, Way Invest mobil ilovasi orqali Visa va MasterCard kabi xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalangan holda sarmoya kiritish usullari tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga islom moliyasi tamoyillariga mos investitsiya paketlari taqdim qilindi. Shuningdek, dividend siyosati va aktivlar bilan ikkilamchi bozorda savdo qilish imkoniyati haqida ham ma’lumotlar berildi. Ushbu Roadshowda investitsiya jarayonining soddaligi va shaffofligi, shuningdek, aktivlarni boshqarishning yuqori standartlari ishtirokchilarning e’tiborini tortdi. Konferensiya ishtirokchilaridan biri Abbos Baxtiyorov o‘z taassurotlari bilan bo‘lishib, shunday dedi:

«Men O‘zbekistonda Way II kabi kompaniyalarning paydo bo‘lganini eshitib juda xursand bo‘ldim. Sababi, juda qiziqarli investitsiya takliflari mavjud. AQShda bu tizim allaqachon odatiy holga aylangan, ammo endi bizda ham Vatanimizdagi ishonchli va sinovdan o‘tgan bizneslarga sarmoya kiritish imkoniyati bor. Ayniqsa, gap Jahongir Ortiqxo‘jayev kabi biznes yetakchilari haqida ketsa, bu imkoniyat yanada mustahkamlanadi. O‘ylaymanki, biz kabi ko‘plab tadbirkorlar yirik kompaniyalar aksiyadori bo‘lishni orzu qilgan va endi bu orzu haqiqatga aylanadi».



Ma’lumot uchun, Way II – 2024-yilda o‘z faoliyatini boshlagan investitsiya platformasi bo‘lib, qisqa vaqt ichida jadal o‘sishga erishdi. Bugungi kunda kompaniyaning kapitallashuvi yuzlab milliard so‘mni tashkil qiladi. Way II investorlarga O‘zbekistonning yirik kompaniyalaridan biri – Akfa Aluminium Group tarkibiga kiruvchi bizneslarga hamkorlik asosida sarmoya kiritish imkonini taqdim etadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – aholining investitsiya savodxonligini oshirish, barqaror daromad manbalarini yaratish va investitsiya vositalariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash.

Konferensiya davomida Way Chat nomli yangi muloqot platformasining ishga tushirilgani ham e’lon qilindi. Ushbu platforma investorlar va hamkorlar bilan samarali va qulay aloqani yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Nyu-Yorkda istiqomat qiladigan o‘zbek tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ushbu uchrashuv Way II tadbirlar seriyasining bir qismi bo‘lib, kompaniya vakillari 15-16 aprel kunlari Chikagodagi Central Asian Business Expo xalqaro ko‘rgazmasida ham ishtirok etadi. Bu tadbir investorlar uchun Way II loyihalari bilan yaqindan tanishish va yangi investitsiya imkoniyatlarini kashf etish imkonini taqdim etadi.

Shu tariqa, Way II tadbiri nafaqat investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish, balki professional aloqalarni o‘rnatish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun ham samarali maydonga aylandi. Ishtirokchilar kompaniya investitsiya mahsulotlariga katta qiziqish bildirishdi va ularni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 2/1

Telefon: +998 (78) 555-55-55

Saytwaygroup.uz

Ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram@way_ll_group

Facebook@Way ll Group

Telegram@wayllgroup

Twitter@way_ll_group

LinkedIn@wayllgroup

YouTube@Way_ll_Group

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring