Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram, Twitter, Skype — hammasi bittada: 15 messenjerni birlashtiruvchi yangi ilova chiqdi

Telegram, Twitter, Skype — hammasi bittada: 15 messenjerni birlashtiruvchi yangi ilova chiqdi

Foto: «Beeperhq.com»

«Pebble» (aqlli soatlar) asoschisi Erik Migikovski yangi servis — «Beeper»ni ishga tushirdi.

«Beeper» — 15 tacha messenjer (xususan, WhatsApp, Telegram, Twitter, Instagram, Slack, Skype kabilar)ni yagona interfeysda birlashtiruvchi servis. Agregatorga oyiga $10 to‘lab ulanish mumkin, deyiladi xabarda.

«Beeper» ilovasi macOS, Windows, Linux‍, iOS hamda Android tizimlarida ishlaydi.

Chatlarni sinxronlash uchun Matrix ochiq protokolidan foydalanilib, turli messenjerlar o‘rtasida ko‘prik o‘rnatiladi. «Beeper» WhatsApp, Facebook Messenger va Instagram bilan integratsiyalashgan, SMS-xabarlar orqali Android va iMessage, Telegram, Twitter, Slack, Hangouts, Skype, IRC, Discord, Signal, Matrix va Beeper tarmog‘i o‘zaro bog‘lanadi. Har haftada yangi servislar uchun qo‘shimchalar yangilanib borishiga va’da berilyapti.

«Beeper» ilovasida barcha xabarlar bir qutida to‘planadi. Foydalanuvchilar bir yo‘la barcha chatlarda qidiruvni amalga oshira oladilar, xabarlarni bir guruhga to‘plashlari, arxiv va eslatmalar yaratishlari mumkin.

«Beeper»ga, hozircha, taklifnoma orqali bog‘lanish mumkin. Buning uchun loyiha saytida anketani to‘ldirib, ariza qoldirish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring