Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor: ommaviy karantin sog‘liqni saqlash tizimini yakson qiladi

Professor: ommaviy karantin sog‘liqni saqlash tizimini yakson qiladi

Foto: «Novorossiia.info»

Koronavirusga qarshi ko‘p miqdordagi xavfsiz vaksinalar paydo bo‘lishini 2021-yilning ikkinchi choragigacha kutmaslik kerak. Shu bois butun olam qisqa muddatli va mahalliy karantinlarni joriy etib, koronavirus sharoitida kun kechirishga moslashishi zarur. Chunki yangi ommaviy karantin sog‘liqni saqlash tizimini yakson qilishi mumkin, dedi WMA butunjahon shifokorlar uyushmasi sobiq rahbari, isroillik shifokor, professor Leonid Eydelman.

«Ommaviy davomli karantin, tabiiyki, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy inqiroz sharoitida, afsuski, dunyodagi barcha davlatlar sog‘liqni saqlash tizimidan tejashadi. Natijada tibbiyot sohasiga ajratiladigan mablag‘ qisqaradi. Ustiga-ustak, dori-darmon sotib olish uchun odamlarning yetarli puli bo‘lmaydi. Iqtisodiy inqiroz keltirib chiqargan aholi salomatligi bilan bog‘liq halokat bevosita virus keltirib chiqargan tibbiy halokatdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi», — dedi professor Eydelman.

Ekspertning fikricha, COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratilgunga qadar yangi koronavirus to‘lqini sharoitida yashashga to‘g‘ri keladi. Buni esa kelgusi yilgacha kutib bo‘lmaydi.

«O‘n millionlab odamlarga ta’sir qilgan o‘ta jiddiy pandemiya haqida gapiryapmiz. Boshqa tomondan, bu virus yo‘qolmasligini ham tushunib turibmiz. U qoladi, joriy yil davomida, ehtimol, kelgusi yilda ham turli joylarga tarqalishi mumkin. Odamlar yaqin kelajakda vaksina paydo bo‘lishini juda-juda xohlashgandi. Lekin bu xom xayol. Ehtimol, ishonchli, xavfsiz va ko‘p miqdorda vaksina joriy yilning oxirigacha ham paydo bo‘lmas», — deb ogohlantiradi professor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring