Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan yigit 10 yilga qamaldi
Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahri Mirobod tumanida 18 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit voqeasi jamoatchilik muokamasiga sabab bo‘lgan va bir muddat o‘tib, yigitning poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani hamda tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilgan edi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida 26 yoshli O. O. ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq O. O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter