Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy xonadonlarida ishlab chiqilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat energiya uchun 1 ming so‘mdan beriladi

Vodiy xonadonlarida ishlab chiqilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat energiya uchun 1 ming so‘mdan beriladi

Vodiy viloyatlarida aholi uchun quyosh energiyasidan foydalanishda jozibador tizim yaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, vodiy viloyatlaridagi xonadonlarda ishlab chiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat uchun 1 ming so‘mdan hisob-kitob qilinadi. Xozirda ushbu qiymat 295 so‘mni tashkil etmoqda.

Aholi o‘rtasida quyosh panellaridan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatish uchun bir qator imtiyozlar joriy etilgan. Shuningdek, bir qator davlat idoralarida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xabar.uz telegram kanalida quyosh panellaridan foydalanishdagi afzalliklar haqida ma’lumot berib o‘tilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring