Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy viloyatlarida IIB boshliqlari o‘zgardi

Vodiy viloyatlarida IIB boshliqlari o‘zgardi

Vodiy viloyatlari — Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Ichki ishlar, Andijonda YHX boshqarmalari boshliqlari o‘zgardi.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan Doniyor Toshxo‘jayev Namangan IIBga rahbar bo‘ldi. Farg‘onaga Muhiddin Jo‘rayev tayinlangani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Andijon viloyati YHXB boshlig‘i ham prezident boshchiligidagi yig‘ilishdan keyin ishdan olindi. Uning o‘rniga kim tayinlangani hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati IIB boshlig‘i ham o‘zgargani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring