Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor

Vodiy tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor

Foto: Xabar.uz

Bugun, 16 iyul kunduz kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 30-32° ni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq buladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 18-23° bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi va Qirg‘izistonga yondosh hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring