Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda endi «Uber» haydovchilariga litsenziya berilmaydi

Nyu-Yorkda endi «Uber» haydovchilariga litsenziya berilmaydi

Foto: «360tv.ru»

Nyu-York hokimiyati «Uber» va «Lyft» onlayn-taksisi haydovchilariga litsenziya berishni vaqtincha to‘xtatmoqchi.

Shahar kengashi mashinalar tirbandligining oldini olish uchun shunday qaror qabul qildi.

Shuningdek, hokimiyat bu yo‘l bilan rasmiy taksi xizmatlari daromadlari pasayib ketishining oldini olmoqchi.

Ayni damda Nyu-Yorkda 80 mingdan ortiq «Uber» va «Lyft» onlayn taksi buyurtmalari qayd etilgan.

«Lyft»ning ommaviy siyosat bo‘yicha vitse-prezidenti Jozef Okpaku esa mer va shahar kengashining fikriga qarshi.

«Biz Nyu-York aholisini ishonchli va arzon eltish xizmati bilan ta’minlash uchun hech qachon ishlashdan to‘xtamaymiz», — degan u endi odamlar, ayniqsa chekka joydagilar qatnov uchun yana kurashishlariga to‘g‘ri kelishini ta’kidlab.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring