Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya YeXHT yig‘ilishida qatnashadi
30-noyabr – 3-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Lodz (Polsha) shahriga tashrif buyuradi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tadbirda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va Tashkilot faoliyatining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter