Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQShga boradi
2022-yil 19-24-sentyabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi.
Shuningdek tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazadi hamda ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter