Vivo X70 Pro smartfonining iPhone 13 dan ustun jihati ma’lum bo‘ldi
DxOMark mutaxassislari yangi Vivo X70 Pro flagmanini sinovdan o‘tkazishdi.
Kameralar yo‘nalishida ushbu smartfon 131 ball to‘plab, global reytingda 12-o‘rindan joy oldi.
Ammo eng e’tiborli jihati, Huawei P40 Pro dan 1 ball kam to‘plagan Vivo X70 Pro smartfoni iPhone 13 va iPhone 13 mini ni ortda qoldirdi. Oradagi farq — 1 ball.
DxOMark mutaxassislari Vivo X70 Pro smartfoniga ekspozitsiya aniq o‘lchanishi, yorqin ranglar, past yorug‘lik sharoitida a’lo detallashtirish, keng burchakli ob’yektivda oq balansning to‘g‘ri olinishi, videotasvir jarayonidagi sifatli stabilizatsiya uchun yuqori baho berishdi.
Smartfonning kamchiliklari qatorida ayrim tasvirga olish rejimlarida kuchsiz detallashtirish, kunduzi va kechasi olingan tasvirlarda kichik shovqin paydo bo‘lishi, keng burchakli kamerani ishlatganda fotoda xromatik aberratsiyalar yuzaga kelishi kabilar sanab o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter