«Vivo» kuchli selfi-kamerali smartfonini taqdim etdi
«Vivo» brendi ostida yangi — «V15» smartfoni chiqarildi. Qurilmaning diagonali 6,53-dyuymli (1080x2340) displeyi 2,5D «Gorilla Glass 5» oynasi bilan himoyalangan.
Xuddi «Pro» modelidagi singari, yangi smartfonda ham selfi-kamera suriluvchi maxsus modulda joylashgan. Uning yuqori sifatli surat olish imkoniyati juda yuqori — 32 Mp.
«V15» smartfoni «Helio P70» protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi — 6 GB, ichki xotirasi — 128 GB.
Smartfonning asosiy kamerasi uchta — 12+8+5 megapikselli kameralardan iborat.
Akkumulyatori ancha vaqtga yetadi — 4000 mAs, qurilma «Android 9.0» amaliy tizimida ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter