Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Visa va Mastercard Rossiyada kartalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Visa va Mastercard Rossiyada kartalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Visa xalqaro to‘lov tizimi 10-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 00:01 dan boshlab Rossiya kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi, deyiladi kompaniya xabarida.

11-martdan boshlab Visa to‘lov tizimidagi rossiyalik foydalanuvchilardan kliring tranzaksiyalarini qabul qilish to‘xtatiladi.

Mastercard to‘lov tizimi ham Rossiyada o‘z ishini to‘xtatdi, deb yozadi TASS. Avvalroq ikkala kompaniya ham Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida bu qadamni qo‘yishga majbur bo‘lganini bildirgan edi.

Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan barcha Visa va Mastercard kartalari Rossiyada odatdagidek ishlashda davom etadi. Biroq ular xorijiy internet-do‘konlardan xaridlar uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi va kartalardan boshqa mamlakatlarda foydalanish mumkin bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring