Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virus yuqtirgan insonda turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi, ammo...

Virus yuqtirgan insonda turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi, ammo...

Foto: slcrb.by

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

Unda «bir odam nechta marotaba koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishi mumkin?» degan savolga mutaxassis shunday javob qaytardi:

– Koronavirus infeksiyasi shunday kasallikki, uni bir marta yuqtirgan insonda turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi.

Biroq shunisi ham borki, koronavirusning 40dan ortiq turlari (shtammlari) bor. Bir turdagi koronavirusdan hosil bo‘lgan immunitet ikkinchisidagi uchun immunitet bo‘la olmaydi.

Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, bir inson ushbu kasallikdan qayta xastalanish ehtimoli bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring