Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Viloyatda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan o‘nlab omillarni topdim» — Zoyir Mirzayev

«Viloyatda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan o‘nlab omillarni topdim» — Zoyir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimligining katta majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish, unga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilish, har qaysi darajadagi rahbarlarning mazkur masalada shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev qatnashgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari tarafidan viloyatdagi korrupsion holatlar, illatning ildizi, viloyat, tuman va shaharlarda turli tizimlar mansabdor shaxslari tomonidan yilning birinchi choragida aniqlangan tanish-bilishchilik, ta’magirlik, mansab soxtakorligi, xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash kabilar oqibatida yuz bergan jinoiy holatlar haqida ochiq-oshkora ma’lumotlar berilgan.

Tizimda nazoratni susaytirib yuborgani, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishda shaxsiy tashabbus va mas’uliyatning yetishmayotgani sababli viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Po‘latov, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Abduhakim Sativaldiyevning xizmat vazifasiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladigan bo‘lgan. Lekin qachon va qay tartibda ko‘rilishi, ishdan ketish yo qolishi haqida ma’lumot ochiqlanmagan.

— Korrupsiyaga qarshi faqat oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kurashish kerak. Men juda uzoq o‘ylab, mavjud vaziyatlarni kuzatib, viloyatda korrupsiya holatlarini keltirib chiqarayotgan o‘nlab omillarni o‘zimga belgilab oldim, — degan viloyat rahbari Zoyir Mirzayev. — Har bir rahbarning mana shunday asosli xulosalari bo‘lishi kerak. Tibbiyot, bank, ta’limda ishga qabul qilishda shaffoflik yetishmayapti, ayrim mahalliy hokimlar yerlarni uzoq vaqtlargacha zahirada ushlab turishga intilyapti, davlat aktivlarini boshqarish, davlat muassasalari yerlarini osongina o‘zlashtirib yuborish yoki egallab olish, bank kreditlari ajratishda ta’magirlik, uyushgan, tashkillashtirilgan sxemalar, soxta talabgorlarni topib, subsidiyaga uylar berish, qurilishda atayin nazaratsizlik va o‘zibo‘larchilikka berilish kabi holatlar shu qadar kuchliki, bularning har biri pirovardida korrupsion jinoyatlarni keltirib chiqarmoqda, shunga atay sharoit tug‘dirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring