Viloyat va tuman hokimlariga intizomiy jazo chorasi e’lon qilindi
Bu haqda 17-dekabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripovning tegishli farmoyishi chiqarildi, deb yozadi UZA.
Farmoyishda aytilishicha, Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining yuridik shaxslarga yer uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilgan qarorlarida qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlangan. Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash, shuningdek, bu borada hududlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida hokimlarga intizomiy jazo berilgan.
Xususan, Toshkent viloyatining hokimi Rustam Xolmatov va Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirkasimovga «hayfsan» intizomiy jazo chorasi e’lon qilindi hamda ular kelgusida bunday holatlar takrorlangan taqdirda, egallab turgan lavozimida qolishi masalasi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.
Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter