Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viktor Orban Vengriya bosh vazirligiga 5-marta saylandi

Viktor Orban Vengriya bosh vazirligiga 5-marta saylandi

Foto: «Izvestiya»

Viktor Orban to‘rt yilga Vengriya bosh vazirligiga qayta saylandi. Mamlakat bir palatali parlamentining 133 nafar deputati uni yoqlab, 27 nafari qarshi ovoz berdi.

Orban beshinchi marta Vengriya bosh vaziri etib saylandi — 1998-yildan 2002-yilgacha hamda 2010-yildan hozirgacha mamlakat hukumatini boshqarib kelyapti.

Hozirgi saylov rasmiyatchilik ruhida o‘tdi, negaki, Orbanning «FIDES — Vengriya fuqarolar ittifoqi» partiyasi a’zolari parlamentda aksariyatni tashkil etgani bois g‘oliblik deyarli naqd edi. Orbanning partiyasi va hamkor partiya — xristian-demokratlar a’zolari Vengriya Davlat yig‘ini (parlament)dagi 199 o‘rindan 135 tasini band etishgan.

Joriy yilning 31-may kuni Viktor Orban 59 yoshini qarshilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring