Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tadi

Rossiyalik sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tadi

Eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni rossiyalik Anna Prakaten sport fuqaroligini o‘zgartiradi. Bu haqda TASSga Rossiya eshkak eshish federatsiyasi prezidenti Aleksey Svirin ma’lum qildi.

Svirinning aytishicha, Prakaten O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tadi. «Albatta, uning jamoamizdan ketishi jiddiy yo‘qotish, ammo har bir sportchi o‘z taqdirini tanlashda erkindir. Bizning eng yaxshi sportchilarimiz qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda, diskvalifikatsiya sharoitida motivatsiya topish juda qiyin», dedi u.

Uning ta’kidlashicha, diskvalifikatsiya tufayli sportchi avvaliga faoliyatini yakunlash haqida o‘ylagan, biroq keyin sharafini himoya qiladigan bayroqni o‘zgartirib, faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.

Prakatenda Olimpiya o‘yinlari kumushidan tashqari Yevropa chempionati oltin medali ham bor. 2016 yilgacha u Belarus jamoasida harakat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring