Vetnam yanada xavfli va tajovuzkor koronavirusning yangi manbai bo‘lishi mumkinmi?
Vetnamning Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda yangi tipdagi koronavirus chaqirgan infeksiya tarqalishi qayd etilgani va u oldingilariga qaraganda tajovuzkorroq hamda xavfliroq ekani xabar qilingandi.
Tibbiyot fanlari doktori, shifokor-immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov shu masalada o‘z fikrini bildirdi.
«Ushbu yangilangan koronavirusning gen ketma-ketligi nashr etilmaguncha, biron bir narsa haqida gapirish qiyin. Genetika mutaxassislari ular qanchalik farq qilishini aytib berishadi», — deydi u.
Ammo mutaxassis bu virusning yanada tajovuzkor deyilishiga asos bor deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, bu hudadda yanada tajovuzkor virus paydo bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.
«Janubi-Sharqiy Osiyodagi juda katta miqdordagi biomassa, bu yerdagi mavjud mutagen faktorlar, mutatsiyalarning yuqori tezligi — virusning mutatsiyaga uchrab, unga katta salohiyat bergan bo‘lishi mumkin», dedi Jemchugov.
Vetnam hukumati COVID-19ga qaraganda yangi, yanada tajovuzkor koronavirus turi tarqalganini rasman e’lon qildi. Sohil bo‘yidagi Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda 400 nafardan ortiq odam bu infeksiyaga yo‘liqqan, shu bilan birga, kasallik juda qisqa muddatda og‘ir bosqichga o‘tayotgani qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter