Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

VEON O‘zbekiston va Qozog‘istonda yangi raqamli xizmatlarni taqdim etish uchun Amdocs bilan hamkorlik qiladi

VEON O‘zbekiston va Qozog‘istonda yangi raqamli xizmatlarni taqdim etish uchun Amdocs bilan hamkorlik qiladi

VEON Ltd. dunyodagi yetakchi aloqa va internet xizmatlari yetkazib beruvchisi va Amdocs kommunikatsiya va media kompaniyalari uchun yetakchi dasturiy ta’minot hamda xizmatlar yetkazib beruvchisi yetti yillik kelishuv imzolanishini e’lon qiladilar. Ushbu kelishuv VEONʼning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mijozlariga innovatsion raqamli xizmatlar taqdim etish imkonini beradi.

Kutilishicha, kelishuv VEON guruhiga kiruvchi Beeline mobil aloqa operatori tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘istonda innovatsion raqamli xizmatlar va shaxsiylashtirilgan servislarni ishga tushirish uchun asos bo‘ladi. Bu ish Amdocs kompaniyasining tayyor arxitekturaga asoslangan mikroservislar portfelini bulutli texnologiyalarga joriy etish tufayli ro‘y beradi. Ular VEON guruhi kompaniyalariga o‘z servislarini monetizatsiyalash va tijoratlashtirishni rivojlantirish imkonini beradi.

Raqamli operator strategiyasini amalga oshirish tufayli, VEON guruhi kompaniyalari o‘z mijozlariga va korporativ buyurtmachilariga ilg‘or moliyaviy, ko‘ngilochar va tahliliy xizmatlarni taklif etadi. 2021 yil 30 iyun holatiga 9 ta mamlakatda faoliyat yurituvchi va abonentlar bazasi 213,7 mln kishidan iborat VEON Group 18,8 mln nafar raqamli kontent foydalanuvchisiga va 19,4 mln nafar raqamli moliyaviy xizmatlar foydalanuvchisiga xizmat ko‘rsatdi, shuningdek mijozlar bilan ishlashni raqamli formatga o‘tkazishda yordam berib, o‘n minglab savdo korxonalarini qo‘llab-quvvatladi. Qolaversa,VEON guruhi kompaniyalari o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish mobil ilovalari yordamida 28 million nafar foydalanuvchini qamrab oladi.

«VEON dunyodagi yetakchi raqamli operator bo‘lish sari qadam qo‘ymoqda,- izohladi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu. – Innovatsiyalarga qobillik, mijozlarimizga taklif etishimiz mumkin bo‘lgan raqamli xizmatlarni moslashtirish mana shu yo‘l asosini tashkil qiladi. Amdocs kompaniyasi VEONʼning uzoq muddatli ishonchli hamkori sanaladi va raqamli innovatsiyalar sari borishimizda bizga hamrohlik qiladi. Ushbu kelishuv biz uchun biznesning moslashuvchanligini va AT faoliyatining yuqori tezligini ta’minlaydi, u transformatsiya va raqamli operator strategiyasini amalga oshirish jarayonida nihoyatda zarurdir».

«Amdocs bilan hamkorlik bizga kompaniya AT-infratuzilmasini jiddiy modernizatsiyalash imkonini beradi. Buning natijasi yangi xizmatlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarishning yanada jadal sur’atlarida namoyon bo‘ladi. Shu tariqa, mijozlarimiz eng ilg‘or raqamli servislardan tezroq foydalana oladilar»,- deydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinovski.

«Biz O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mijozlarining manfaatlari yo‘lida VEON kompaniyalar guruhi bilan uzoq muddatli munosabatlarimizni kengaytirishdan mamnunmiz,- deydi Amdocs Management Limited prezidenti va bosh direktori Shuki Sheffer. – yangi raqamli xizmatlarning oson tatbiq etilishi, bozorga jadal chiqarish va shaxsiylashtirishdagi tajriba bilan uyg‘unlikda, ushbu bozorlardagi iste’molchilarga kommunikatsiya va medianing yangi avlodi afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi, shuningdek, kelgusi o‘sish va innovatsiyalarga asos bo‘ladi».

Kelishuv doirasida Amdocs monetizatsiya, xizmatlar va tarmoqlar, kataloglarni boshqarish tizimlarini avtomatizatsiyalash bo‘yicha yangi yechimlar taqdim etadi, shuningdek raqamli xizmatlar uchun yangi, ko‘p kanalli interfeyslar ishlashini ta’minlaydi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi VEON uchun jadal o‘sib borayotgan bozorlar sanaladi. 2021 yil 30 iyun holatiga VEONʼning O‘zbekistondagi 6,7 million mijozidan 56%dan ko‘prog‘i raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniga ega 4G abonentlari sanaladi, Qozog‘istonda esa, 10 mln mijozning 58%dan ziyodi 4G xizmatlaridan foydalanadi.

***

VEON global aloqa va raqamli xizmatlar yetkazib beruvchisi bo‘lib, NASDAQ va Amsterdamdagi Euronextʼda ro‘yxatga olingan. U dunyo aholisining 9%i yashaydigan to‘qqizta mamlakatda xizmat ko‘rsatadi. Kompaniyamiz texnologik xizmatlar yordamida hayot tarzini o‘zgartiradi, bu xizmatlar dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan bozorlarning ayrimlarida imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.
Qo‘shimcha axborot olish uchun: https://www.veon.com

Amdocs to‘g‘risida
Amdocs o‘z kelajagini bunyod etayotganlarga uni yanada go‘zal qilishda yordam beradi.
Bozorda yetakchilik qilayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar portfelimiz tufayli biz mijozlarning innovatsion salohiyatini yuzaga chiqaramiz va ularga ham ommaviy, ham korporativ segmentlarda servislarni individuallashtirish uchun yangi avlod kommunikatsiya va multimedia xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini yaratamiz.

Amdocsʼning butun dunyodagi 27000 nafar xodimi provayderlar servisining bulutli texnologiyalarga o‘tishini jadallashtirishda, 5G texnologiyalari davrida differensiyalanishda, faoliyatlarini raqamlashtirish va avtomatizatsiyalashda yordam beradi.

Amdocs NASDAQ Select global bozorida kotirovkalanadi va 2020 moliyaviy yilda 4,2 milliard dollar miqdorida tushumga ega bo‘ldi.

Qo‘shimcha axborot olish uchun: www.amdocs.com

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan BeelineUzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar taqdim etadi. BeelineUzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya)da joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingining bir qismi sanaladi. VEON dunyoning 9 ta mamlakatida 213 mln.dan ziyod abonentga ega global telekommunikatsiya va internet-xizmatlar provayderidir. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond birjalarida kotirovkalanadi. Beeline Uzbekistanʼda 1,6 ming atrofida xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelganidan boshlab VEON mamlakat telekommunikatsiya industriyasiga 1,2 mlrd AQSh dollaridan ziyod mablag‘ investitsiyalagan. O‘zbekistonda Beeline SB ostidagi faoliyati davomida 1,8 mlrd dollardan ziyod miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz  
Facebook: fb.com/beeline.uz 
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/uzbeelineuzb 
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: https://www.linkedin.com/company/beelineuzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring