Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriya bosh vaziri qochqinlarni «musulmon bosqinchilar» deb atadi

Vengriya bosh vaziri qochqinlarni «musulmon bosqinchilar» deb atadi

Foto: «BBC»

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropaga kelgan qochqinlarni «musulmon bosqinchilar» deb atadi va mamlakat bundan buyon qochqinlarni qabul qilmasligini aytdi.

«Biz bu odamlarni musulmon qochqinlar deb hisoblamaymiz. Biz ularni musulmon bosqinchilari deb bilamiz», dedi u, qochib kelayotganlar faqatgina hayot uchun yanada qulay sharoitlarni izlab kelmoqdalar, deya qo‘shimcha qildi.

Orban qochqinlarni qabul qilish mamlakat uchun muqarrar muammolarni keltirib chiqarayotgani haqida gapirdi. Qochqinlarning kelishi bilan mamlakatda xorijliklar va mahalliy aholidan iborat «parallel jamiyatlar»ning paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, u Yevropaning yetakchi davlatlari rahbarlarini Vengriyaga hurmat ko‘rsatishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining ko‘plab davlatlari Budapeshtni YeIning birlashuv jamg‘armasi mablag‘larini olib, qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortganlikda ayblashmoqda. Biroq Orban ushbu pul mablag‘lari qochqinlar muammolari bilan umuman bog‘liq emasligini aytmoqda.

2015-yilda Yevropa ittifoqi qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha kvotalar tizimini yo‘lga qo‘ydi, unga ko‘ra, chegaradosh Yevropa davlatlariga kelgan qochoqlar Ittifoqning boshqa davlatlari orasida taqsimlanadi. Kvotalar taqsimoti Yevropa ittifoqi mamlakatlari aholisi bilan mutanosib edi. Vengriya, Chexiya, Ruminiya va Slovakiya ushbu tizimga qarshi chiqdilar. Vengriya va Slovakiya bu kabi amaliyotni to‘xtatish talabi bilan Yevropa Adliya sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, ammo sud shikoyatni rad etdi. Shunga qaramay, iyun oyida Chexiya qochqinlarni kvota orqali qabul qilishni to‘xtatganini e’lon qildi.

Dekabr oyida Avstriya hukumati yangi rahbari Sebastyan Kurtz kvota tizimiga qarshi chiqdi va ushbu qarorni «mantiqsiz» deb atadi hamda bu Yevropa Ittifoqi ichida bo‘linishga olib borishini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring