Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesuela armiyasi jangovar holatga keltirildi

Venesuela armiyasi jangovar holatga keltirildi

Foto: «Focus»

AQShdan yuborilgan insonparvarlik yordami chegaraga yaqinlashib qolgani uchun Venesuela armiyasi jangovar holatga keltirildi. Bu haqda «DW» xabar berdi.

Seshanba, 19-fevral kuni Niderlandiya qaramog‘idagi Aruba, Boneyra va Kyurasao orol-muxtoriyatlari bilan chegaralar butunlay yopildi.

Armiya mamlakatning «hududiy yaxlitligini» himoya qiladi. Bu haqda prezident Maduroga sodiq qolayotgan Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino ma’lum qildi.

Mamlakatning muvaqqat prezidenti Xuan Guaydo amaldagi prezident Madurodan AQSh yuborgan insonparvarlik yordami yo‘liga to‘sqinlik qilmaslikni va 23-fevralga qadar Venesuela hududiga kelayotgan dori-darmonlar va oziq-ovqatlardan iborat yuklarni kiritishni so‘ragandi.

Biroq Maduro bunga mutlaqo qarshi, chunki uning fikricha, insonparvarlik yordami — shunchaki niqob, uning ortidan amerikalik harbiylar ham bostirib kirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring