Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaziyat keskinlashmoqda: husiylar o‘ch olishga va’da berdi

Vaziyat keskinlashmoqda:  husiylar o‘ch olishga va’da berdi

Yamanning bir qismini nazoratda ushlab turgan husiylar kecha tunda mamlakatdagi o‘nlab nishonlarga zarba bergan AQSh va Britaniya zarbalariga javob berishga va’da berdi. Bu haqda BBC yozmoqda. 

Xabarga ko‘ra,  shanba, 3-fevral kuni AQSh va Britaniya kuchlari Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilishga tayyorlangan oltita husiy nishonlariga zarba berdi.

Husiylarga ko‘ra, bir necha soat ichida poytaxt Sana va mamlakatning boshqa aholi gavjum hududlariga 48 ta zarba berilgan.

Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, Amerikaning husiy pozitsiyalariga qarshi zarbalari hali o‘zining asosiy maqsadiga erishgani yo‘q - yuk tashish kompaniyalari aksariyat hollarda Qizil dengiz orqali kemalarini jo‘natishga ikkilanmoqda.  Bu esa transport qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda. 

Husiylar esa ketma-ket keskin bayonotlar bermoqda.  Hatto ular Isroilni nishonga olishganini ham ma’lum qilishgan. 

Eslatib o‘tamiz,  AQSh kuchlari avvalroq Eronning Suriya va Iroqdagi nishonlariga ham zarba bergandi.  Bunga Iordaniyada uch amerikalik askarning vafot etgani sabab bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring