Vazirlik stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-2021-o‘quv yili uchun vazirlikning stipendiyasiga nomzod bo‘ladigan o‘quvchi va talabalarning hujjatlarini qabul qilishni boshladi.
AKT vazirligining buyrug‘iga muvofiq soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi belgilangan.
Vazirlik stipendiyasi o‘qishda, ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti bakalavriatura talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylarning o‘quvchilariga beriladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 2020-yil 21-dekabr etib belgilangan.
Vazirlik stipendiyasiga hujjatlarni rasmiy veb-sayt orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali topshirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter