Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik maktab bitiruvchilarini ogohlantirdi

Vazirlik maktab bitiruvchilarini ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlarini so‘radi.

Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID-karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming nafari (33 foizi) pasport (ID-karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Ma’lumot uchun: Pasport (ID-karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring