Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vazirlar Mahkamasi bayonnomasidagi 18-band qayerga yo‘qoldi?»: rasmiy izoh

«Vazirlar Mahkamasi bayonnomasidagi 18-band qayerga yo‘qoldi?»: rasmiy izoh

Foto: Xabar.uz

Ayrim ommaviy axborot vositalarida «Vazirlar Mahkamasi bayonnomasidagi 18-band qayerga yo‘qoldi», mazmunida xabarlar tarqatilmoqda.

Bosh vazir matbuot xizmati mas’ul xodimi Bekzod Hidoyatov ushbu xabarga aniqli kiritib, quyidagilarni ma’lum qildi:

Bugungi kunda amaldagi tartib bo‘yicha g‘allachilik yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar shaklida tijorat banklari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 189-sonli yig‘ilish bayonining 18-bandiga asosan amaldagi tartibning ijrosini ta’minlash, uning nazoratini yanada kuchaytirish va ushbu masalaga javobgar bo‘lgan vazirlik hamda idoralarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa sifatida belgilandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Bayonning ushbu bandi o‘z kuchida turibdi va bugungi kunda mazkur topshiriqning ijrosi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2023-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlar ekish va g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga sarflanadigan mablag‘lar hisob-kitob qilinmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha g‘alla ekish bilan bog‘liq birinchi navbatdagi tadbirlarga g‘allachilik fermerlariga ajratish uchun 145 mlrd.so‘m mablag‘larga grafiklar ishlab chiqilgan va joriy yilning 22-avgustidan boshlab, grafik asosida moliyalashtirish ochiladi.

Mazkur bayonning qaytadan yuborilgan variantidagi 18-bandi ham turlicha talqin qilinmoqda.

Gap shundaki, 2023 yil hosili uchun asosiy turdagi sabzavot ekinlarini ekish davri joriy yilning avgust oyidan boshlanishini va dolzarbligini hisobga olib bayon loyihasiga 19-band sifatida kiritilgan edi.

Mazkur bayonning dastlabki ijroga yuborilganda 19-band sifatida kiritilgan topshiriq texnik xato sifatida tushib qolgan.

Loyihadagi 19-band dolzarbligini hisobga bayonning qayta ijroga yuborilgan variantida texnik xato natijasida 18-band o‘rniga qo‘yib yuborilgan.

2023 yil hosili uchun asosiy turdagi sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va ijro uchun yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring