Vazir o‘rinbosari jonli efirda deputatga hujum qildi

Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hudud masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Yuriy Grimchak ZIK telekanalining «Narod protiv» tok-shousida Ukraina radasi deputati Yevgeniy Murayevga hujum qildi. Bu haqda «Narodniy korrespodent» sayti xabar berdi.
Bunga Murayevning Kerch qo‘ltig‘idagi voqealarga munosabati sabab bo‘ldi.
Ma’lumki 22-noyabr kuni Ukraina kemalari Rossiya o‘ziga tegishli deya hisoblaydigan chegarani kesib o‘tgan, to‘qnashuvda uch ukrain harbiysi jarohatlangandi. Murayevning fikricha, mazkur hodisadan maqsad Argentinada Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni barbod qilish bo‘lgan.
Grimchak shundan so‘ng deputatni haqorat qilib, uning oldidagi to‘sinni tepib yuborgan.
Amaldorning bu harakati tomoshabinlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Avvalroq, Ukraina Rossiya bilan 40 ta shartnomani bekor qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter