Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya elchisi bilan AKT sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Estoniya elchisi bilan AKT sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 28-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tiyers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim, IT-tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2021 yil aprel oyida O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum doirasida ikki davlat o‘rtasida elektron hukumat sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan edi.

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, joriy yilning Oleg Pekos boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Estoniyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida AKT vazirligi mutaxassislari bevosita estoniyalik hamkasblarining tajribasini o‘rganib, AKT sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgan edi.

O‘z navbatida, Toomas Tiyers ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganini ijobiy baholab, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring