Vazir Ibrohim Abdurahmonovga YuNESKOning xalqaro mukofoti topshirildi
Kecha, 10 mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovga Ekvatorial Gvineyaning Jibloho shahrida tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar uchun YuNESKO – Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti topshirildi.
Shuningdek, ushbu mukofot bilan Misr Milliy tadqiqot markazining Oziq-ovqat toksikologiyasi va ifloslantiruvchi moddalar kafedrasi professori Mosaad Attia Abdel-Vahhab, Vilnyus universiteti Nanotexnologiya va materialshunoslik markazi rahbari Almira Ramanavitsiyene, Xitoyning birinchi xususiy tadqiqotga yo‘naltirilgan universiteti – Vestlake University asoschisi Yigong Shi’lar ham taqdirlandi.
Mukofotlanganlarning tadqiqotlari oziq-ovqat xavfsizligi, paxta navlarini takomillashtirish, vaksinalarni ishlab chiqish va og‘ir irsiy kasalliklarni davolashning innovatsion usullariga qaratilgan.Ma’lumot uchun, YuNESKOning mazkur mukofoti 2012-yildan buyon olimlarning hayot to‘g‘risidagi fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari, asosan, aholi og‘irini yengil qilish, hayotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun berib kelinmoqda. Janubiy Afrika, Meksika, Misr, Peru, Burkina-Faso, Eron, Braziliya, Hindiston, Senegal, Portugaliya, Isroil, AQSh, Irlandiya, Xitoy, Buyuk Britaniyaning yetakchi olimlari mazkur mukofot g‘olibi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter