Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxshichilik festivali nima uchun Afg‘oniston yaqinida o‘tmoqda? Vazir izohi

Baxshichilik festivali nima uchun Afg‘oniston yaqinida o‘tmoqda? Vazir izohi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston madaniyat vaziri Termiz shahrida tashkil etilgan birinchi baxshichilik festivali nima sababdan Afg‘oniston chegarasi yaqinida o‘tayotganiga izoh berdi.

— Biz tinchliksevar xalqmiz. Allohga ming bor shukr, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bir tomchi ham qon to‘kmadik. Afg‘oniston xalqiga ham mana shunday tinchlik va xotirjamlik tilaymiz.

Davlatimiz Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishini sidqidildan istaydi. Masalan, Afg‘oniston hukumati va tolibon o‘rtasida tinchlik muzokarasini yurtimizda o‘tkazish uchun taklif berilgan. Afg‘on diyorida tinchlik bo‘lishini biz har doim istaganmiz.

Festival Surxondaryoda tashkil etilganiga keladigan bo‘lsak, albatta sayyohlik targ‘iboti maqsadida ham bu ishga qo‘l urdik. Bu diyorda sivilizatsiya tamadduni bo‘lgan. Festival mehmonlaridan Fayoztepa, Kampirtepa kabi joylarni borib ko‘rishni so‘ragan bo‘lardim, — deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring