Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vatikanda yangi Rim Papasini saylash marosimi boshlandi

Vatikanda yangi Rim Papasini saylash marosimi boshlandi

Vatikanda yangi Rim Papasini saylash marosimi boshlandi.

Bugun, 7-may kuni Vatikanda yangi Rim Papasini saylash marosimi – konklav boshlandi. Bu – oliy darajadagi ruhoniylar, ya’ni kardinallar yig‘ilishi bo‘lib, ular yashirin ovoz berish orqali yangi pontifikni tanlaydi.

Konklav jarayoni to‘liq maxfiylikda o‘tadi. Kardinallar qasamyod qilib, ovoz berishda ishtirok etadi. Agar ovoz berish natijasida Papa saylanmasa, Sistina kapellasi mo‘risidan qora tutun chiqadi. Agar saylansa, oq tutun ko‘tariladi va Vatikan qo‘ng‘iroqlari yangraydi — dunyo yangi Rim Papasini tan oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring