Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vasil Xudak: Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 500 million yevro ajratadi

Vasil Xudak: Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 500 million yevro ajratadi

Foto:«Vofinanciach.sk»

Yevropa investitsiya banki(YeIB) O‘zbekistonda energiya va suv tejamkorligi sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million yevro ajratadi.

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” va «Peugeot Citroyon» kompaniyalari qo‘shma korxonasiga 60 million yevro sarmoya kiritadi. Kecha o‘tkazilgan brifingda bu haqda mazkur moliya muassasasi vitse-prezidenti Vasil Xudak aytib o‘tdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

U moliyalashtirishning barcha manbalari 500 million yevro ekanligini ta’kidlagan. Mazkur mablag‘lar hadli kreditlar doirasida yo‘naltiriladi.

«O‘zbekiston hukumati bilan biz mablag‘ ajratishimiz mumkin bo‘lgan aniq loyihalarni muhokama qilayapmiz. Energiya tejamkorligi sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari jabhasida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta korxonalarni, qolaversa, energiyadan yanada samarali foydalanish imkonini yaratuvchi loyihalarni moliyalashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Hukumat bilan suv xo‘jaligini boshqarish borasida hamkorlik qilishga kelishib oldik. Chekka hududlar aholisini suv bilan ta’minlash, ichimlik suvi sifatini yaxshilashni istaymiz», — deydi u.

Muhokamalar chog‘ida YeIB qator hududlar, xususan, Andijon shahri infratuzilmalarini rivojlantirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektorini modernizatsiya qilish, respublika shaharlarini isitish tizimini takomillashtirish ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqayapti.

Vasil Xudak ikki tomonlama shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi qarorgohiga tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotganini e’tirof etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring