Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya yarimorolida harbiy mashg‘ulotlar kechiktiriladi

Koreya yarimorolida harbiy mashg‘ulotlar kechiktiriladi

Foto: «AA»

AQSh va Janubiy Koreya yarimorolda o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarni kechiktirishga kelishib oldi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi ma’lumotlariga tayanib «Aif.ru» xabar bermoqda.

So‘z «Ulchi Freedom Guardian» o‘quv mashg‘ulotlari haqida borayapti. Mashg‘ulotlar shu yil avgust oyida o‘tkazilishi kerak edi. Mustahkam hamkorlik tufayli Seul va Vashington rejalashtirilgan barcha tadbirlarni kechiktirishi haqida Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Janubiy Koreya va AQSh «UFG» mashg‘ulotlarini har yili avgust oyida o‘tkazar edi. Shu paytda Koreya yarimoroliga qo‘shimcha harbiy texnika va kuchlar jalb etilar edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen In bilan uchrashganidan so‘ng Koreya yarimorolidagi barcha harbiy mashg‘ulotlarga chek qo‘yilishini aytgan.

Avvalroq Seul Koreya yarimorolidagi urushni shu yilning o‘zida tugatishdan umid qilayotganini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring