Sherzod Shermatov: «Vaqtdan unumli foydalaning» (video)
EPAM Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi bo‘linmasi keyingi yilda xodimlari sonini 3000dan orttirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda AKT vaziri Sherzod Shermatov.
«Mahalliy tashkilotlar ham bu borada xalqaro kompaniyalar kabi mahalliy yuqori malakali xodimlarni jalb etish uchun yuqori maosh hamda qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etib borishga majbur bo‘ladilar, aks holda raqobatda yutkazishlari aniq.
Dunyodagi notinchliklar bo‘lishiga qaramay, IT Park rezident kompaniyalarining bu yil birinchi chorakdagi eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobar o‘sgani ham kelajakda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan yoshlarimiz albatta chet tili va axborot texnologiyalarini o‘rganishlari zarurligini ko‘rsatmoqda», — qayd etadi vazir.
Shuningdek, yoshlardan vaqtdan unumli foydalanishni va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtaslikni maslahat beradi: https://education.it-park.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter