Van Gog chizgan surat birinchi marta ommaviy namoyish etiladi va sotuvga qo‘yiladi
Parijda tashkillashtiriladigan ko‘rgazmada buyuk rassom Vinsent van Gog mo‘yqalamiga mansub «Monmartrdagi ko‘cha manzarasi» asari ilk marotaba keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi. «Art News» yozishicha, debyutdan so‘ng asar «Sotheby’s» auksionida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Van Gog asarni ukasi Teo (Teodorus van Gog) bilan Fransiya poytaxtida yashagan davrida, 1887-yilda bitgan. Rasmda Monmartr ramzlaridan biri — «Mulen de la Galett» shamol tegirmoni aks etgan. Rassom yashagan yillarda Monmartr shahar chekkasidagi qishloq edi.
Tasviriy asar xususiy kolleksiyada bir asrdan ziyod saqlanib keldi. Buyuk rassomning ushbu asari 5-8 mln. yevroga baholanishi kutilmoqda.
2020-yilda Vinsent van Gogning «Dehqon uyi tasvirlangan manzara»si €15 mln.ga sotilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter