Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina sinovlarining eng kattasi AQShda boshlandi

Vaksina sinovlarining eng kattasi AQShda boshlandi

Foto: «PCR News»

Koronavirusga qarshi vaksina sinovlarining eng keng ko‘lamlisi AQShda boshlandi. Bu haqda «Associated Press» bugun xabar berdi.

Har bir vaksina sinovlariga 30 ming ko‘ngilli jalb etiladi.

Ushbu vaksina prototipi AQSh Sog‘liqni saqlash milliy instituti va  «Moderna» biotexnologiya kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. «Moderna» kompaniyasi vaksinaning ilk sinov namunasi Savanna (Jorjiya shtati)da o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Sinovlarda volontyorlar (ko‘ngillilar)ga ular haqiqiy vaksina olishdimi yoki platsebomi (vaksina imitatsiyasi) — bildirilmaydi. Dozalar kiritilganidan so‘ng tadqiqotchilar ularni kuzatib borishadi: kundalik yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lib yurgan qaysi guruhdagilar kasallikka ko‘proq moyil.

Virus tarqalishi nazoratdan chiqib ketgan hududlarda yashovchilar alohida e’tiborda bo‘ladi.

Butun dunyoda virusga qarshi vaksinalar ustidagi sinovlar qizg‘in ketyapti. AQSh ularning barchasini o‘zida sinab ko‘rmoqchi. Rejaga ko‘ra, eng istiqbolli bo‘lishi kutilayotgan vaksinalarning prototiplari har oyda sinab boriladi: har bir tadqiqotda 30 mingtadan ko‘ngilli qatnashadi.

Avgust oyida Oksford universiteti vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichi boshlansa, sentyabrda «Johnson & Johnson» kompaniyasi,  oktyabrda Novavax» kompaniyasi vaksinasiga navbat keladi. Shuningdek, shu yozda «Pfizer, Inc.» farmatsevtika kompaniyasi ham 30 ming nafar ko‘ngillini o‘z sinovlariga jalb etadi.

Barchasi rejadagidek amalga oshgan taqdirda ham, «Moderna» va Oksford vaksinalari sinovlarining yakuniy xulosasi bir necha oydan so‘ng ma’lum bo‘ladi, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring