Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vadim Abramov bilan matbuot anjumani birozdan so‘ng boshlanadi

Vadim Abramov bilan matbuot anjumani birozdan so‘ng boshlanadi

Foto: fcneftchi.uz

Ertaga, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston MTJsi Jaxon Chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi 3-turidan o‘rin bahsda Yaman termasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Dastlab 16:30 Yaman termasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani tashkil qilinadi. 17:00 da esa Yaman terma jamoasi «Paxtakor» stadionida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi.

So‘ngra soat 17:30da milliy terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etadi va jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Milliy jamoamizning rasmiy mashg‘uloti esa 18:00da boshlanadi. Har ikki jamoa mashg‘ulotlarining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Xabar.uz matbuot anjumanini yoritib borishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring