Vadim Abramov O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligidan ketishi inkor etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqishi va uning o‘rnini Usmon Toshev egallashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev bu xabarlarni rad etdi.
— Javob beraman, bu yolg‘on ma’lumot, umuman unday reja, taxmin va hatto gap ochilgani yo‘q. Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Buni shaxsan o‘z nomimdan va O‘FA nomidan tasdiqlashim mumkin.
Faqat aniq ma’lumotlarga ishoning, tekshirilmagan ma’lumotlarga chalg‘imang, — deya xabar berdi Davron Fayziyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter