Va’daga vafo qilmagan kirakash
2021-yil 21-iyun kuni Denov tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning 15-aprel kuni tumanning «Bobur» mahallasida yashovchi X.Azizjon o‘zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi bilan Angor tumanida yashovchi Alisher ismli shaxsdan tumanning «Bog‘i eram» mahallasida yashovchi I.Maxmudga 9.370.000 so‘m pullarini olib borib berishni va’da qilib, ushbu pullarni olganligini va o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 21-iyun kuni X.Azizjonga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Va’daga vafo qilmagan haydovchi o‘zgalarning ishonchiga kirib, ularning moddiy boyliklarni o‘zlashtirib ketganligi bo‘yicha, endilikda qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter