Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi
Turkmanistonning Lebap viloyatida 40 yoshdan oshgan erkaklar oqargan sochlarini bo‘yashi taqiqlandi.
Bu haqda «Azatlik» radiosi manbalariga asoslanib xabar berdi.
Buyruq Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning viloyatga tashrifi chog‘ida og‘zaki ravishda berilgan.
Qarorga muvofiq, barcha ixtisoslashgan joylarda, jumladan maktablarda, sog‘liqni saqlash muassasalarida ishchilarga sochlarining tabiiy rangini tiklash buyurilgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, agar mintaqaga Turkmaniston rahbari kelsa, u bilan faqat «oq sochli odamlar» uchrashishi mumkin.
Avvalroq, Turkmaniston prezidentining ot va it zotlariga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagani, kitob yozgani, harbiylarga jismoniy mashg‘ulotlar bo‘yicha master-klass o‘tib bergani omma e’tiborini tortgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter