Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xanna» to‘foni tufayli Texasda yuz minglab xonadonlar chiroqsiz qoldi

«Xanna» to‘foni tufayli Texasda yuz minglab xonadonlar chiroqsiz qoldi

Foto: «Apnews.com»

«Xanna» to‘foni tufayli Texasda taxminan 275 mingta uy va korxona elektr tokisiz qoldi, deya xabar berdi «Poweroutage.us».

Portalning ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab Texasda qariyb 12 millionta mijozdan 276 120 nafar o‘chirilgan iste’molchilar ro‘yxatga olingan.

To‘fon shanba kuni shamol tezligi soatiga 150 kilometr bilan Texas qirg‘oqlariga yetib kelgan. Yakshanba kuni esa tropik po‘rtanasigacha zaiflashgan. «Xanna»ning asosiy xavfi mahalliy suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kuchli yomg‘irlar hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring