Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada xazinalar xaritasi ko‘rsatilgan mobil ilova ishga tushirildi

Shvetsiyada xazinalar xaritasi ko‘rsatilgan mobil ilova ishga tushirildi

Foto: «Shutterstock»

Xelsinborg shahridagi mashhur plyajlarda odamlar to‘planishining oldini olish maqsadida xazinalar xaritasi ko‘rsatilgan mobil ilova ishlab chiqildi, deya xabar berdi «Times of Malta».

Shuningdek, u mahalliy aholi va mehmonlarga o‘zi uchun yangi dam olish joylarini kashf etishiga yordam beradi.

Xelsinburg Shvetsiya bilan Daniya o‘rtasidagi Eresunn bo‘g‘ozi sohilida joylashgan. Hordiq chiqaruvchilar ixtiyorida 23 ta plyaj bo‘lishiga qaramay, aholi va sayyohlarning aksar qismi asosan ularning uchta-to‘rttasida dam olishadi. Qolganlari esa bu vaqtda bo‘sh bo‘lishadi.

Ilova kvest singari ishlaydi: turli plyajlarda xazinalar xaritasi bo‘ylab harakat qilish va vazifalarni bajarish orqali foydalanuvchilar har xil sovg‘alarni qo‘lga kiritishadi. «Ov» 31 avgustgacha davom etadi.

Garchi Shvetsiya koronavirusga qarshi karantin joriy etmagan bo‘lsa-da, hukumat aholidan o‘z salomatligiga jiddiy e’tibor berishni hamda bir joyda ko‘p odam to‘planmaslikni so‘raydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring