Moskvada taksining odamlar ustiga haydashidan jabrlanganlar soni aytildi (video)
Kecha, 16-iyun kuni Moskvaning Ilinka ko‘chasida taksi yo‘l chetidagi yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan. Ma’lum qilinishicha, buning oqibatida yettti kishi tibbiy ko‘mak so‘rab shifoxonalarga murojaat qilgan.
Vot tak viglyadit mesto avarii seychas. pic.twitter.com/6PJgNbb17j
— SODD (@gucodd) 16 Haziran 2018
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy yordam so‘rab yetti kishi murojaat qilgan», — deyiladi xabarda.
Jabrlanganlap orasida Meksika va Ozarbayjonning ikki nafardan fuqarosi hamda bir ukrainalik borligi aytilmoqda.
Politsiya taksini boshqargan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. U mast holatda bo‘lmagan, charchoqdan rulda uxlab qolgani bildirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter