Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligida Kolumbiya universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Innovatsiya vazirligida Kolumbiya universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

Innovatsion rivojlanish vazirligida 31-may kuni Kolumbiya universiteti (AQSh, Nyu-York shahri) talabalari va bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Vazirlikning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Timur Allayarov mehmonlarni vazirlik faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalari bilan tanishtirdi.

Allayarovning ta’kidlashicha, vazirlik oldida turgan asosiy masalalardan biri fan va iqtisodiyotning real sektori o‘rtasida sermahsul hamkorlik uchun zamin yaratish bo‘lib, bu O‘zbekistonning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini ta’minashga xizmat qiladi.

Mehmonlar bu maqsadlarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga yangiliklar kiritishi lozimligiga urg‘u berishdi. Startaplar, venchur moliyalashtirish va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba ham uchrashuvda muhokama markazida bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini shakllantirish mavzusi qizg‘in muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar mamlakatimizni taraqqiy ettirish jarayonlariga yoshlarni faol jalb etish kerak degan to‘xtamga kelishdi va kelgusida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring