Qirg‘izistonda bir kunda 28 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi
Qirg‘izistonda aniqlangan COVID-19 holatlari soni bir kecha-kunduzda 689 kishiga ko‘paydi, 28 nafar bemor vafot etdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
«2020-yil 26-iyul holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha yangi 689 ta SOVID-19 holati qayd etilgan, shundan 190 nafari Bishkekda aniqlangan», — dedi koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi vakili.
«RIA Novosti» suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirus tufayli 28 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 1185 kishi tuzalgan.
Yangi kasallanganlar orasida 28 nafari tibbiyot xodim ekanligi ta’kidlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida jami 2661 nafar tibbiyot xodimi virusni yuqtirib olgan.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19 holati bilan koronavirusga test natijalari salbiy chiqqan shifoxonadan tashqari pnevmoniya bemorlari statistikalarini umumlashtirishga qaror qildi. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlar umumiy soni 32 813 kishiga yetdi. 1277 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter