Misrda bir bolani qutqaraman deb 10 kishi halok bo‘ldi
Aleksandriya (Misr) yaqinidagi dengizda bir bolani qutqarishga uringan 10 ta odam cho‘kib ketdi, deya xabar berdi «Al Balad» portali.
Hodisa plyajlardan birida sodir bo‘lgan. U yerda ko‘p odam to‘plangandi. Bir payt dengizda suzayotgan bola cho‘ka boshlagan. Uning ortidan bir-ketin kattalar o‘zini suvga otishgan. Oqibatda bola bilan qo‘shib hisoblaganda 11 kishi suvga g‘arq bo‘lgan.
Turizm ma’muriyatining ta’kidlashicha, plyaj koronavirus tufayli yopilgan. Shu bois u yerda qutqaruvchilar bo‘lmagan.
Shu paytgacha faqat yetti kishining murdasi topilgani aytilmoqda.
OAVning yozishicha, fojia sodir bo‘lgan qirg‘oq qismi o‘zidan yomon nom qoldirgan. Ba’zilar uni «ajal qirg‘og‘i» deb ham atashadi. Suv osti oqimi tufayli u yerda baxtsiz hodisalar tez-tez yuz berib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter