Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzundagi mayning fermasining «misi chiqdi»

Uzundagi mayning fermasining «misi chiqdi»

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda fuqaro O.Q fuqaro J.U bilan o‘zaro til biriktirib, o‘z uyida 114 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring