«Uzpaynet» MChJ tugatiladi
Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan Xalq banki va «Mikrokreditbank»ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berildi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berishda mazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.
Qarorga muvofiq, «Uzpaynet» MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter